Bugun 31 mart kuni Ekologiya va huquq fakulteti talaba qizlari uchun yangilanayotgan Konstitutsiya xotin-qizlarni qanday himoya qiladi? mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekistonda yaratilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy shart-sharoitlar xotin-qizlarning fundamental huquqlarini samarali muhofaza qilishga imkon berishini ta’kidlandi. Xotin-qizlar va oila masalalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarining mustahkamlanishi yangi O‘zbekistonni qurish hamda uchinchi Renessans asoslarining mustahkamlanishi, xalq farovonligi va turmush darajasini yuksaltirish, jamiyatda inson kapitalini oshirish kabi vazifalarni bajarishda hal qiluvchi omillardan bo‘lishi e’tirof etildi.