Yoshlar ittifoqining «Imidj» dizaynerlar televizion tanlovi

Qayerda: O’zbekiston

Ariza topshirish muddati: 2017-yil 30-noyabr

Kim uchun: barcha uchun

Umumiy ma’lumot: O’zbekiston Yoshlar ittifoqi «Imidj» yosh dizaynerlar televizion tanlovi (bundan buyon – Tanlov) tashkil qilmoqda.
Tanlov qobiliyatli yoshlarni kashf etish, yo’naltirish va qo’llab-quvvatlash, shuningdek, yengil sanoat va moda sanoati uchun munosib kadrlarni taqdim etish maqsadida o’tkazilmoqda.

Tanlov vazifalari:

Yosh dizaynerlar tanlovi 2017-yilning 15-noyabrdan 17-dekabrgacha o’tkaziladi.

Tanlovni o’tkazish bo’yicha umumiy boshqaruvni Tanlov tashkiliy qo’mitasi amalga oshiradi.
Tanlovda yoshi hamda mahorat darajasidan qat’iy nazar istagan dizayner ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarning Tanlov o’tkaziladigan joyga yetib kelishi hamda qaytishidan tashqari barcha xarajatlarni qabul qiluvchi tomonidan to’lanadi.

Birinchi bosqich – kasting (kollektsiyalar namoyishi va qatnashchilarni saralash)
Tanlov Tashkiliy qo’mitasiga Tanlovda ishtrok etish uchun mazkur Nizomda belgilangan tartib hamda muddatda tegishli ariza bilan murojaat etgan qatnashchilargina Kastingda ishtirok etish huquqiga ega. Arizaning qabul qilingani yoki rad etilgani to’g’risida Tashkiliy qo’mita qatnashchiga arizada ko’rsatilgan elektron manzil bo’yicha ma’lum qiladi.
Tanlovning har bir qatnashchisi kastingga Tashkiliy qo’mitadan telefon qo’ng’irog’i orqali taklif etiladi va unga kastingda ishtirok etish sanasi ma’lum qilinadi.
Har bir qatnashchi kasting belgilangan sanadan kamida bir kun oldin Tanlov Tashkiliy qo’mitasida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Dizaynerlar o’rtasida Tanlov uchta asosiy yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi:
– yoshlar uchun kiyimlar (maktab formasi, uniforma, sport kiyimi, oyoq kiyim, kamar va hk.);
– kantselyariya mollari (bloknotlar, ruchkalar, hadya qog’oz paketlari);
– aksessuarlar (bijuteriya, ko’zoynak va h.k.).
Vazifa – «O’zbekiston yoshlari ittifoqi» logotipi tushirilgan dizaynerlik ishlarini yaratish. Bunda uchta yo’nalish nazarda tutilgan: «eksklyuziv» (kamyob, murakkab ishlar, qimmatbaho), «biznes» (ishbilarmon odamlar va tashkilotlar uchun mo’ljallangan asarlar, o’rtacha narhda), «ommabop» (aholining keng qatlami, talabalar, o’quvchilarga mo’ljallangan, bozor mahsulotlariga raqobatdosh arzon narhda).
Kiyim, akssesuarlar yoki oyoq kiyim kollektsiyalari kastingida birinchi marta bir yoki muallifdan 5 dan 12 tagacha namuna taqdim etiladi.
Yuqoridagi talablarga amal qilmagan qatnashchilar Tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Kasting so’nggida Jyuri a’zolari tomonidan Tanlovning oxirgi bosqichida ishtirok etish uchun 20 nafar qatnashchini saralab olinadi.
Ikkinchi bosqich – Tanlovning so’nggi bosqichi:
Jyuri tomonidan tanlab olingan kollektsiyalar namoyishi 2017 yilning 15-17 dekabrь kunlari «Yoshlar ijodiyot saroyi»da bo’lib o’tadi.
Kantselyariya buyumlari va aksessuarlar namoyishi uchun alohida pavilьonlar taqdim etiladi. Ushbu tadbir davomida tomoshabinlar ijodiy ishlarni o’z ko’zlari bilan ko’rishlari, sotib olishlari yoki buyurtmalar berishlari mumkin. Marosim telekanal orqali efirga uzatib boriladi va izohlanadi.
Podium uchun alohida kunlar ajratilib, taqdimot mobaynida barcha dizaynerlar – loyiha qatnashchilari tomoshabinlar hamda ekspert guruhiga o’z ijodiy ishlarini namoyish etish imkoniga ega bo’ladilar.
Tomoshabinlar va ekspert guruhi tomonidan tanlangan ishlar “Eng yaxshi” deb topiladi. So’nggi qaror qabul qilishga 50% tomoshabinlar va 50% ekspertlarning fikri ahamiyat kasb etadi.
Eng yaxshi ijodkor dizaynerlar O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi logotipi tushirilgan o’z ishlari uchun mualliflik huquqini qo’lga kiritadilar. Ittifoq ushbu buyumlarni ishlab chiqarish uchun shartnoma imzolaydi. Dizayn muallifiga esa 2018 yil mobaynida oldindan kelishilgan miqdorda gonorar to’lab boriladi. Gonorarning ma’lum qismi O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshidagi “Yosh dizaynerlar kengashi”ga yo’naltiriladi.
O’zbekiston hududining har bir tumani va shahrida kollejlar binosida ochilishi rejalashtirilgan “brend buyumlar” do’konlari tarmog’ida eng yaxshi dizaynerlik ijod mahsullari sotuvi yo’lga qo’yiladi.

Tanlovning har bir qatnashchisi belgilangan shakl asosida ariza bilan murojaat etadi (Mazkur nizomning №1 Ilovasi). Arizani loyiha yi.uz saytida, Navoiy ko’chasi, 11-uy manzilidagi Tashkiliy qo’mita ofisida to’ldirish, yoki saytdan yuklab olib, to’ldirib, shaxsiy imzo qo’yib, skaner qilingan ko’rinishda image.ydk@mail.ru elektron manziliga yuborish mumkin. Arizalar 2017 yilning 15 noyabrdan 30 noyabrgacha qabul qilinadi. Ariza bilan birga qatnashchi har birining hajmi 300 dpi dan kam bo’lmagan rangli surat, tug’ilgan to’g’risidagi guvohnomanin skaner qilingan ko’rinishi yoki pasport nusxasini yuborishi lozim.
Ma’lumotlar to’liq keltirilmagan yoki tug’ilganli to’g’risidagi guvohnoma nusxasi (pasport nusxasi)ga rasm ilova qilinmagan arizalar Tanlov Tashkiliy qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Tanlovda qatnashish uchun bir ishtirokchidan faqat bitta ariza qabul qilinadi.
Har bir qatnashchi Tanlov Tashkiliy qo’mitasiga 2 tadan 10 taga namunadan iborat kollektsiya (ustki kiyim, oyoq kiyim yoki taqinchoqlar) taqdim etishi kerak.

Batafsil ma’lumot bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

TIQXMMI telegram kanaliga qo‘shiling va TIQXMMI hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!