Siz mehnat muhofazasini bilasizmi?

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Kasaba uyushmasi hamkorligida Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining kengashining tashabbusi bilan “Ciz mehnat muhofazasini bilasizmi? ” tanlovi institut bosqichi oʻtkazildi.

Unda “Xavfsizlik posbonlari” va “Mehnat muhofazasi muhandislari” jamoalari oʻzaro ikkita shart boʻyicha bellashishdi. Hakamlar raisi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri T. Haydarov, “Yoshlar ittifoqi BT” yetakchisi A.Berdimurodov, “Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash” fakulteti Kasaba uyushmasi raisi B.Mirnigmatov, Institut psixologi Yu.Nurmetova, Kasaba uyushmasi raisi F.Irisov, “Yoshlar bilan ishlash boʻlimi” boshligʻi Z.Haydarovlar hakamlar aʼzosi sifatida tanlovni baholashdi. “Hayot faoliyati havfsizligi” kafedrasi dotsenti A.Xojiyev tomonidan tanlov savollari va shaffoflik taʼminlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar boʻyicha faol ishtirok etgan talabalardan shakllangan jamoaga shahar bosqichida Agrar davlat universiteti bilan boʻlib oʻtadigan tanlovda omad tilab qolamiz.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi mutaxassisi S.Xolova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov