Tarixi
Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich
Kafedra mudiri, PhD, dotsent
Tel.: +99871-237-19-86
Email: a.xojiyev@tiiame.uz
Mazkur kafedra 1991 yil 5 martda institutda faoliyat olib kelayotgan “Mehnat muhofazasi” va “Fuqaro mudofaasi” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi 1991 yilda dos. Z.Yu. Yusupov raxbarligida tashkil etilgan. Kafedrada turli yillari t.f.n. R.D. Bobojonov (1993-1994 y.), dotsent X.B. Avazmatov (1994-1995 y.), t.f.n. R.D. Bobojonov (1996-2005 y.), t.f.n., dotsent S. Gazinazarova (2005-2020 y.), t.f.n., dotsent I.Axmedov (2008-2015 y.), T. Xaydarov (2015-2020 y) kabi yirik olimlar rahbarlik qilishdi. 2020 iyun oyidan hozirgi vaqtgacha kafedraga. dotsent, A.Xojiyev rahbarlik qilmoqda.
Talabalarga yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Bugungi kunda kafedrada dotsentlar A.Xojiev, T.A.Xaydarov, B. Utepov, N.Rajabov, Z.Mirxasilova, N. Saidxujayevalar samarali mehnat qilishmokda. Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan institutdagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani va MMTX bakalavriat yo‘nalishida esa 13 nomdagi fanlar o‘qitiladi. “Mehnat muhofazasi va tehnika xavfsizligi” bakalavriat yo‘nalishiga o‘qitiladigan 9 ta fanlar bo‘yicha kafedra o‘qituvchilari tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilariga hamda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tuvchilariga xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar beriladi.
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar