Hamkorlar

Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 20 fevral 42-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «OTM kafedralarining ishlab chiqarish korxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi akademik institutlardagi filiallari to‘g‘risidagi namunaviy nizom»ga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining inshootlar seysmik mustahkamlik ilmiy tadqiqot instituti, “O‘zQXMEI” ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zmeliomashlizing” DLK, “Meliomashlizingservis” ShK-si, “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi, “Suvmash” OAJ, “Suvsanoatmash” OAJlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra filiallaridagi olimlar tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining Bitiruv malakaviy ish(BMI)lariga rahbarlik, taqrizlar berish, hamkorlikda MBIlarni bajarish, MBIlar uchun mavzularni berish kabi ishlar amalga oshirilgan.

Kafedrada Qozon Davlat Agrar Universiteti, Lipesk qishloq xo‘jalik instituti, Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Sibir Davlat avtomobil-yo‘llar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy-texnik ishlar olib borilmokda, o‘quv qo‘llanmalari, metodik ko‘rsatmalar, ilmiy va ilmiy-texnik  maqolalar tayyorlanmoqda. Joriy yilda Qozon Davlat Agrar Universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilarining 3ta maqolasi chop etildi hamda Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti nashri “Mejdunarodnaya agroinjeneriya” jurnaliga 2 ta maqola chop etildi.

Italiyaning Toshkent shahridagi Toshkent Turin politexnika universiteti bilan doimiy hamkorlikda ilmiy ishlar olib borilmoqda.