O'qitiladigan fanlar

                 Bakalavriat bosqichida

Fanning nomi

Fanha qidaqisqacha ma’lumot

1.

Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi

Ushbu fan talabalarga belgilangan ta’lim yunalishlar bakalavrlarining kasbiy faoliyati uchun zarur ma’lumotlar: grunt va boshka qurilish materiallariga ko‘yiladigan texnik va texnologik talablarni; yer ishlarini tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; beton va temir beton, maxsus ishlarni tashkil qilish va ularni mexanizmlar bilan bajarishdagi texnologik jarayonlarni; yirik kanallar va daryo o‘zanlaridagi suvni yig‘uvchi, qabul qilib oluvchi, o‘tkazuvchi, oqimni yo‘naltiruvchi, taqsimlovchi, yetkazib beruvchi kirgoklarni himoyalovchi hamda sizot va boshka suvlarni tizim xududidan chiqarib tashlashga, tabiiy resurslardan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanishga xizmat kiladigan, xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan gidrotexnik va meliorativ inshootlar qurilishida ishlarni tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; suv xo‘jaligi va melioratsiya ob’ektlarini mukammal ishlashini ta’minlashga xizmat kiladigan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mamlakatimiz, chet el ilg‘or tajribalarini va ilmiy texnika rivojlanishining eng yangi yutuqlarini; mehnat unumdorligini oshirish, qurilish, ta’mirlash va qayta jiqozlash ishlarini smeta baho qiymatini kamaytirish, sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilashning tashkiliy va texnologik asoslarini o‘rgatadi.

2.

Gidrotexnika ishlarini bajarish. Suv xo‘jaligi  qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish

Fan talabalarga suv xo‘jaligi  ob’ektlari va inshootlari qurilishini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, ilg‘or texnologik jarayonlarni qo‘llash, barcha turdagi ishlarni kompleks tarzda mexanizatsiyalash masalalarini yechish asoslari, suv xo‘jaligi tizimidagi loyihalash, ishlatish va qurilish korxona va tashkilotlarning tashkiliy strukturasi, ishlarni, qurilishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarishni o‘rgatadi.

3.

Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks mexanizatsiyalash

Fan talabalarga irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida kompleks mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarga, qo‘llaniladigan materiallar, zamonaviy meliorsiya, qurilish va maxsus mashinalarga, olmashtiriluvchan ishchi jihozlarga qo‘yiladigan talablarni; sug‘orish, zax qochirish tizimlari ochiq, yopiq, qoplamali, tarmoqlari qurilishi, ta’mirlash va tozalash ishlarini tashkil qilish va texnologiyasini; yomg‘irlatib, tomchilatib, yer ostidan sug‘orish tarmoqlarini qurishda kompleks mexanizatsiyalashgan ish jarayonlarini tashkil qilishni; sug‘oriladigan yerlarni kapital, joriy, ekspluatatsion tekislashni lazer texnologiyali, kompleks mexanizatsiyalashgan bajarish usulida tashkil qilishni; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ishlarida qurilish yuklarini ortish, tashish, tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashni; sug‘oriladigan yerlarni komleks ta’mirlash ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi loyihasini tuzishni; melioratsiya va qurilish mashinalari parki tarkibini belgilash va parkdan foydalanish samaradorligini rivojlantirish orqali ishlar tannarxini kamaytirish, sifatini zamonaviy talablar darajasida ta’minlash, uzluksiz ravishda, ilg‘or tajribalar va ilmiy texnika rivojlanishining eng yangi yutuqlarini o‘rgatadi.

               Magistratuta  bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Gidrotexnika qurilishida zamonaviy texnologiyalar

Fan magistrantlarga barcha turdagi gidrotexnik va meliorativ qurilishi, kompleks ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilish jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari, asbob-uskunalarni qo‘llash asosida ilg‘or ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarini, qurilish ishlarini, tadbiq etishni o‘rgatadi.