O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan 5 TTJ da talabalar o‘rtasida ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi jamoasi va yotoqxona xodimlari bilan hamkorlikda sport musobaqasi tashkil etildi.
Xususan, joriy yilning 10-may kuni GIM fakulteti talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqa ham amaldagi ishlarning mantiqiy davomidir.
Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol sport musobaqalari ham ularga ko‘tarinki ruh va bahoriy kayfiyat bag‘ishlagani hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarini o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lgani shubhasizdir!