Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash

«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» kafedrasi mudiri, v.b.

texnika fanlari nomzodi, dostent

Xudoyev Ibroxim Jumaqulovich

Тел.:+998712371927

Е-mail:  i.xudayev@tiiame.uz 

 


«Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» (sobiq «Qurilish mashinalari») kafedrasi 1950 yilda tashkil etildi. Kafedraning birinchi mudiri etib professor G.A.Koshevnikov tayinlandi. Shundan uzoq vaqt kafedraga dotsent G.T.Prudnikov mudirlik qildi, so‘ngra kafedraga dotsent M.V.Vasilev, dotsent A.N.Mirsoatov, dotsent Sh.Q.Po‘latov, dotsent V.A.Ivanov, dotsent N.K.Usmanov, dotsent S.T.Vafoevlar mudir bo‘lib ishladilar. 2004 yildan 2012 yil iyun oyiga qadar kafedraga dotsent R.R. Ergashev raxbarlik qildi. 2012 yil iyun oyidan to hozirgi kunga qadar kafedraga dos. Z.Sh Sharipov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra tashkil etilgandan buyon faol ishlagan o‘qituvchi va xodimlar: G.T.Prudnikov, M.V.Vasilev, I.Ya.Zaxarov, M.I.Murodov, A.K.Norkin, Z.Asqarov, M.A.Xodjaev, A.S.Gurjiev, A.N.Mirsoatov, Z.Fayziev, M.B.Xakimjonov, V.F.Manichev, I.J.Xudaev, S.U.Bobotoev, G.D.Smelov, N.K.Usmonov, N.Maxmudov, N.Sattorov, R.Musurmonov, Sh.Imomov, Q.Sharipov, B.Yusupov, Q.Piskentbaev, M.T.Zulunov, M.S.Karimov, G‘.S.Rayimov, O.Sobirov, U.Sultonov, T.U.Usmonov, A.U.Atajanov, N.K.Dauletov, F.A.Bekchanov, E.B.Shodiev, K.Xamroev, R.Norpo‘latov, M.Giyasova, X.To‘raev, O.P.Sabo, J.Shirina, L.Xabibulina, R.V.Masteeva o‘quv ustalari P.Boltasheva, E.Yusupov, M.Abduqodirova, A.Jumabaev, laborantlar: A.Boboev, A.Solixovlar aytib o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3-sentyabrdagi 415-qarori hamda institut rektorining 2004 yil 13-sentyabrdagi 187 sonli bo‘yrug‘iga asosan, «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash» kafedrasi qayta tashkil etildi. Uning tarkibiga “Traktor va avtomobillar”, “Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari”, “Issiqlik texnikasi”, “Mashina-traktor parkidan foydalanish” kafedralari kiritildi. Bu davrga kelib quyidagi o‘qituvchi — xodimlar faoliyat yuritdilar: Sh.U.Yuldoshev, T.S.Xudoyberdiev, B.P. Shaymardonov, Q.A.Sharipov, I.M.Marupov, M.A. Abdurasulov, X.I.Uraimshikov, R.K.Musurmonov, R.R.Ergashev, Sh.J.Imomov, B.Z.Yusupov, Q.Piskentbaev, N.K.Usmanov, S.T.Vafoev, B.S.Mirzaev, A.K.Igamberdiev, Z.Sh.Sharipov, K.O.Shovazov, K.E.Usmonov, B.X.Norov, U.T.Ko‘ziev, N.A.Xolikova, B.B.Xakimov, Sh.X.Mardonov, X.Maxmudov, E.G‘aniboeva, A.T.Mirzaaxmedov, L.Bobojonov laboratoriya mudiri B.E.Ilesbaev, o‘quv ustasi A.Jumabaev, laborantlar: A.Boboev, A.Solixov, Sh.K.Mirzamuxammedovalar. Kafedra tashkil etilgandan boshlab mutaxasssis chiqaruvchi kafedra sifatida yildan yilga 1514-Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash mutaxasissligi bo‘yicha injener- mexaniklarni tayyorlab chiqara boshladi. Bu sohada yetishtiralayotgan mutaxassislarga bo‘lgan talab oshib borgan sari xar yili 100-125 injener- mexanik tayyorlashga erishildi. 1997 yil “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi va oliy ta’lim ikki bosqichga ya’ni bakalavr va magistraturaga bo‘lindi. Davlat ta’lim standartining o‘zgarishi munosabati bilan mutaxassislar “Agroinjeneriya” ta’lim yo‘nalishi tarkibiga kiritildi va bir o‘quv reja bo‘yicha mutaxassislar chiqarila boshlandi. 2000 yilga kelib bu soha bo‘yicha yiliga atigi 10-15 mutaxassis tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3-sentyabrdagi 415-qarori, hamda institut rektorining 2004 yil 13-sentyabrdagi 18- sonli bo‘yrug‘iga asosan bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan talab qaytadan o‘rganib chiqildi va ikkita 5650300 – “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” va 5650500 – “Suv xo‘jaligida meliorativ, transport mashinalari va qurilmalaridan foydalanish, ularga servis xizmati ko‘rsatish” bakalvr ta’lim yo‘nalishlari ochildi va ularning negzida ikkita 5A650301 –“ Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” va 5A650506 “Yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash va tashish, quyish vositalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish” magistratura mutaxasisiliklari ochildi. Magistratura mutaxassisliklariga va bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga kafedraning yetuk professor va o‘qituvchilari tomonidan davlat ta’lim standarti, o‘kuv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqildi. 2009 yildan boshlab 5650900 –“Irrigatsiya, melioratsiya mashinalari jihozlari” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Kafedrada Q.A.Sharipov (2007 yil), R.Q. Musurmonov (2009 yil), B.S.Mirzaevlar (2015 yil), A.K Igamberdiev (2017 yil), A.S. Li (2019 yil) doktorlik dissertatsiyasini, B.X.Norov (2011 yil) nomzodlik dissertatsiyasini, B.B.Xakimov, F.A.Bekchanov va Sh.X.Mardonovlar (2019 yil) texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini ixtisoslashgan kengashda himoya qildilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi № PQ-3003–sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori muvofiq Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirilda, hamda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti institutga qaytarildi. Hozirgi kunda kafedrada qo‘yidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar: professorlar Sh.U.Yuldoshev, B.S.Mirzaev, A.S.Li dotsentlar: I.J.Xudaev, S.T.Vafoev, N.K.Usmanov, Z.Sh.Sharipov, B.X.Norov, L.Bobojonov, F.A.Bekchanovlar , katta o‘qituvchilar: A.U.Atadjanov,T.Usmonov, M.Karimov, assistentlar I.Turdibekov va F.Yusupovlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Har yili kafedrada 5450300-“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 180-190 ta bakalavr, hamda 5A450301-“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” magistrlik mutaxassisligi 7-8 ta mutaxassis tayyorlanmoqda. 2019 kafedra professor- o‘qituvchilari: t.f.d., A.S.Li, O.U.Atadjanov, F.A.Bekchanov, B.B.Hakimov, T.U.Usmanov, O.A.Muratovlar tomonidan ilmiy ishlar natijalari bo‘yicha jami 6 ta; 2020 yilda Sh.U.Yo‘ldoshev rahbarligida, S.T.Vafoevlar tomonidan 2 ta monografiya chop qilindi.Dotsent Sh.Mardonov tomonidan tayyorlangan monografiya institut Ilmiy kengashi muhokamasiga taqdim qilindi. Kafedrada 3 ta tayanch doktorantlar: D.Abdumuminova, L.Murotov va Sh.Qo‘zievlar 05.07.02-“Qishloq xo‘jaligi va melio-rativ texnikalar-dan foydalanish, qayta tiklash va ta’mirlash” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 2019-2020 yillarda kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan 3 ta darslik va 7 ta o‘quv qo‘llanmalar hamda 12 ta uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib chop qilindi.


Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar