2023-yil 12-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, "Ekologiya va huquq" fakultet tyutorlari va 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Men o'z kelajagimni korrupsiyasiz quraman” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov ushbu bo‘lim faoliyati, vazifalari, korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini shakllantirish borasida vakolatli organlar va korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini oldini olishda nazorat tizimlari to‘grisida talabalarga batafsil ma’lumotlar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “211-modda. Pora berish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi.
Talabalar uchun fikr-muloxaza, taklif hamda shikoyatlarni erkin bildirishlari uchun ishonch raqam va bo’limning telegram botiga murojaat qilishlari tushuntirildi
Hozirda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig'i tomonidan javob berildi. Fakultet tyutorlari tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga fakultet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.