Tarixi

So‘nggi yillarda respublikamizda atrof muhit muhofazasi, cheklangan suv zaxiralari va yer resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarini yumshatish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, “yashil energetika” va agrotexnologiyalar, transchegaraviy suv resurlaridan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini yaratish kabi global muammolarni yechish uchun investitsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarish hamda ishlanmalarni amaliyotda qo‘llashga qodir bo‘lgan muhandislarni tayyorlash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 dekabrdagi PQ-42 “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, universitet Boshqaruv Kengashi yig'ilishining 2022-yil 10-iyundagi 3-son bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2022 yil 30 dekabrda tashkil etildi.

Bugungi kunda fakultetda “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish”, “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt”, “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kabi mutaxassis chiqaruvchi va “Gumanitar fanlar”, “Jismoniy tarbiya va sport” ijtimoiy fanlar kafedralari mavjud bo‘lib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, suv ta’minoti muhandislik tizimlari, yurisprudensiya (yer munosabatlari va transchegaraviy suv muammolari), sun’iy intellekt, dasturiy injenering hamda filologiya sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Fakultet jamoasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o’zgarishi sharoitida atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirlarni o’rganish va maqbul yechimlarni ilmiy asoslash, chiqindilarni boshqarish, suv resurslarida oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suv resurslarini havzaviy boshqarish va tashkil etish, suv resurslarini boshqaruv faoliyatini takomilashtirish, ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya, oqva suvlarni biologik tozalash mexanizmlarini takomillashtirish, sun’iy intellekt sohasidagi ish an’anaviy intellektual muammolarni hal qilish uchun kompyuter tizimlarini (o‘qitish, ekspert, konsalting, robot va boshqalar) loyihalash uchun usullar, vositalar va texnologiyalarni yaratish, axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, ta’limning ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari dunyoning rivojlangan yuqori reytingga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan birgalikda turli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat olib bormoqdalar:

Hozirda fakultet yetakchi olimlari Yaponiyaning SATREPS ilmiy dasturi, Yevropa hamjamiyatining Horizon-2020 dasturi, Germaniyaning DAAD jamg‘armasi SDGnexus Network mavzusidagi Yevropa hamda Latin Amerikasidagi xamkorligida va “O‘zbekistonda suv resurslariga iqlim o‘zgarishini ta’siri hamda uning qishloq xo‘jaligi va gidroenergetika sohasidagi oqibatlarini baholash” mavzusidagi O‘zbekiston-Germaniya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Fakultet tarkibidagi kafedralar faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maralliy va xalqaro turdosh ilmiy, oliy ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruv muassalari bilan o‘zaro manfaatli xamkorlik asosida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan,