Bitiruvchilarga oq yo‘l

Bitiruvchilarga oq yo‘l

Joriy yilning 4 iyul kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining yana bir guruh bitiruvchi-yoshlariga, bakalavr darajali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzaev Bahodir Suyunovich, YOshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor SHavozov Qodirjon Ochilovich va fakultet dekanlari ota-onalar va bitiruvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzaev Bahodir Suyunovich bitiruvchi-talabalarni tabriklab, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

           SHundan so‘ng fakultet dekani Norov Begmat Xolmatovich talabalarni tabriklab, institut rektorining diplom berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va talabalarga diplom taqdim etildi. 199 nafar bitiruvchi-talabalardan 8 nafari imtiyozli imtiyozli diplomga ega bo‘lishdi.  Institut rahbariyati bitiruvchilarni, ularning ota-onalarini samimiy tabriklashdi va diplomlarni o‘z egalariga tantanali topshirishdi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari so‘zga chiqib institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

         

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari         O.Ro`zibayev